TAYINLOV
- ---
- 18 marta o'qildi
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Kurbaniyazova Dilfuza Allayarovna Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Urganch filiali direktori lavozimiga tayinlandi.1980 yilda tugʻilgan Dilfuza Kurbaniyazova 2005 yilda 1- Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlab,Akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutida klinik ordinatura oʻtagan.Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filialida klinik ordinator.Urganch shahridagi 2 -son kattalar poliklinikasi mahalla shifokori, Xorazm viloyat perinatal markazi oila va nikoh maslahatxonasida vrach fizioterapevt,vrach akusher ginekolog lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.Tayinlovga qadar Respublika oʻrta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Urganch filialida "Akusherlik ishi" boʻyicha oʻqituvchi boʻlib ishlagan.