Bugun filialimizda Urganch shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ernazarov Erkinboy Allayarovich boshchiligida filial oʻqituvchilari va ishchi-xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
Bugun filialimizda Urganch shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ernazarov Erkinboy Allayarovich boshchiligida filial oʻqituvchilari va ishchi-xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi. Davra suhbatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik, yong‘in xavfsizligi qoidalari, elektr va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, hamda hayotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarga tayyor turish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Har bir davra suhbati qatnashchilari hayotga mas’uliyat bilan yondashish, yong‘inlarning oldini olish, gaz va elektr uskunalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantrish haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shunday ekan nafaqat filial oʻqituvchilari,ishchi-xodimlari,tinglovchilar ham ogox boʻlishi va filialda bunday vaziyatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Zero,Vatanimizning xar bir qarichi biz uchun azizdir!